Asosiy mazmunga o‘tish
Erenler Vakfı

Boshlang’ich Maktab (Bolalar Bog’chasi)

Biz yashayotgan jamiyat va oila muhitining ta’lim o‘chog‘i bo‘lib qolishini yo‘qotgan zamonamizda, kelajakning amonatini yelkalamoqchi bo‘lgan kichik qalblarni ta’lim-tarbiya va ma’naviy muhit bilan tanishtirish zaruratga aylangan.

Qadrli farzandlarimiz yoshlariga mos darslarni o‘yin havosi ichida o‘rganish bilan birga, o‘ynagan o‘yinlarining kelajakning bir provasi ekanligini anglashadi. Jannat gullari bo‘lgan qimmatli farzandlarimiz, o‘zlari loyiq bo‘lgan jannat bog‘larining onalarining oyoqlari ostida ekanligini bildirgan madaniyatning vorislari ekanliklarini anglashlari uchun tarbiyalanadilar.

Ishini eng yaxshi qilishga intilayotgan ta’lim muassasalarimiz, insonga qilingan sarmoyaning qanchalik qimmat va qiyin bo‘lmasin, isrof bo‘lmasligi va behuda ketmasligi fikrida. Bizga topshirilgan har bir bola Allohimizning bahosiz amonati ekanligini tushunamiz. Alloh uchun qilinmagan hech qanday ishning haqiqiy qadri yo‘qligini bilgan holda, har bir bola bilan o‘z farzandimizdek muomala qilishni imon qarzi deb bilamiz.

IMKONIYATLAR

DARSXONALAR

Maktabimizda yosh oralig‘iga mos ravishda 10 kishilik darsxonalar mavjud. Tajribali ayol ustozlarimiz bu darsxonalarda bolalarimizga ta’lim berishadi.

FAOLIYAT VA O‘YIN MAYDONLARI

Maktabimizning ichida va tashqarisida bolalarimizning shaxsiy rivojlanishini oshirishi va birga vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lagan xavfsiz o‘yin maydonlari mavjud.

PSIXOLOG VA PEDAGOG

Bolalarimizning ruhiy rivojlanishi biz uchun juda muhim. Madrasamizga muntazam ravishda keladigan psixolog va pedagoglarimiz bilan bolalarimizning muammolariga g‘amxo‘rlik qilamiz.

SAYOHATLAR

Oylik sayohatlar bilan bolalarimizga tariximiz, madaniyatimiz va an’analarimizni o‘rgatamiz.

OSHXONA

Halol va pokiza taomlar bilan farzandlarimizga o’z uylaridagi onasining issiqligi va mazasini taqdim etamiz.

TRANSPORT XIZMATI

Maktabimizda ishonchli va mutaxassis xodimlarimiz bolajaklarimizning xavfsizligini eng oldinda tutadi. Bizning xavfsiz va qulay servis xizmatimiz mavjud.

Kechiktirmang, bismillah deng va hoziroq boshlang

“Kim ilm talab qilish yo‘liga kirsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi.”

— Hz. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)

Talaba bo‘lish →