Ijozatlar
2025 yil Qiroat va Ashara Taqrib ijozati

Iyl
Alhamdulillah!
Robbimizning lutf va ehsoni bilan Qur’on xizmatida yana bir barakali kunni idrok etdik. Vaqfimiz qoshida Ashara Taqrib ilmini o‘rganayotgan 35 nafar talabamiz 2025 yil 27 iyul kuni ijozat hujjatlarini olib, bu muborak ilmda yuksalishning quvonchini his qildilar. O‘tkazgan ijozat marosimimiz Qur’on tilovatlari, duolar va muhabbatga to‘la lahzalari bilan ko‘ngillarimizga xotirjamlik, qalblarimizga ma’naviyat olib kirdi.
Marosimimizga Faxriy Raisimiz Mahmut Eren Hojaafandi, Raisul Qurro Mustafa Demirkan Hojaafandi, Salih Topçu Hojaafandi va ko‘plab qadrli ulamolar tashrif buyurdilar. Talaba birodarlarimizning oilalari, do‘stlari va xalqdan ko‘plab birodarlarimiz ham bu xayrli lahzaga guvoh bo‘ldilar.
Jenobi Haq Qur’oni Karimda marhamat qiladi:
“Shubhasiz, bu Qur’on eng to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi…” (Isro, 9)
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) esa shunday marhamat qilganlar:
“Sizlarning eng xayrlingiz Qur’onni o‘rgangan va o‘rgatgan kishingizdir.” (T2907 Termiziy, Fazoilul-Qur’on, 15)

Ashara Taqrib Qur’on qiroatlarining nozikliklarini, rivoyat farqlarini va tilovat odobini o‘rgatadigan betakror ilmdir. Bu ilmda yetishgan talabalarimiz Qur’onning lafzi va ma’nosini asrash vazifasini zimmasiga olib, Rasululloh Afandimizdan (s.a.v.) bugungi kunga yetib kelgan bu nurli zanjirning bir halqasi bo‘ladilar.
Robbimizga hamd bo‘lsinki, hofizlik va qiroat sohasida ko‘plab talabalarimizning yetishishiga vosita qilindik. Bu xizmat ortida namoyishdan yiroq ilm ishqi, ixlos bilan yo‘g‘rilgan g‘ayrat va ummatga foydali bo‘lish niyati bor. Biz bu yo‘lda yurar ekanmiz, har qadamda Robbimizning rizosini umid qilamiz, Uning kalomiga xizmat qilish sharafini qalblarimizda his etamiz.
Duolarimiz shuki, bu ilm yo‘liga ko‘ngil bergan barcha birodarlarimiz Qur’onning nuri bilan munavvar bo‘lsin, hofizlarimiz va qiroat ahli talabalarimiz ummat qalblariga chiroq bo‘lsin.
“Qur’onni ko‘targan ko‘ngil Arshi A’loning soyasida bir nur bo‘ladi.”






Erenler Vakfı Korporativ Aloqa Koordinatorligi
27.07.2025
