Asosiy mazmunga o‘tish
Erenler Vakfı

Faoliyatlar

Bitiruvchilar Vafo kuni va hayitlashuv dasturi

Faoliyatlar

Bitiruvchilar Vafo kuni va hayitlashuv dasturi

20
Iyl

Mavlono Jaloliddin Rumiy aytgan: “Do‘stlaringni doimo vafo bilan eslab tur, qidiruvchi sen bo‘l, topuvchi sen, taniguvchi yana sen… Bandaga vafosi yo‘qning Haqqa vafosi bo‘lmas.”
Erenler Vakfı sifatida 1997 yildan buyon Islomga munosib bo‘lishga intilgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) keltirgan bu dinni asrashga umrini bag‘ishlagan, Musulmonga yarashadigan eng go‘zal libos vafo ekanini biladigan yuzlab bitiruvchi yetishtirdik.
Ko‘zimiz nuri, Murshidimiz Afandi hazratlarining “Din ilm bilan qoimdir. Ilm o‘rganilmasa din nolga tushadi, yo‘q bo‘ladi. Shuning uchun ilmning sharafi juda kattadir.” so‘zining ongida bu yo‘lga yillarini bag‘ishlagan, tunini kunduziga qo‘shgan siz qadrli bitiruvchilarimiz bilan yana bir bor yig‘ilishni va buni odatga aylantirishni istaymiz.
Ko‘ngillarimiz kabi badanlarimiz ham bir bo‘lishini istasak-da, pandemiya sababli bu vafo uchrashuvlarini Zoom orqali onlayn o‘tkazamiz.

Mahmud Eren Hojamiz bilan birga o‘tkazadigan Vafo Kuni dasturimiz:

  • 20 iyul, seshanba kuni soat 21:00 da bo‘ladi.
  • Zoom havolasi: erenlervakfi.org/zoom
  • Dasturimizga Erenler Vakfidan bitirgan, bitirmasdan oldin ketgan yoki hozir Vakfimiz qoshida xizmat qilayotgan barcha birodarlarimiz taklif etiladi.

Dasturda ko‘rishish umidida Alloh (c.c.) omonatiga topshiring.

Bu yozuv Faoliyatlar bo‘limida e’lon qilingan. Doimiy havolani xatcho‘plarga qo‘shing.

Javob yozing Javobni bekor qilish

← Barcha yangiliklar

Kechiktirmang, bismillah deng va hoziroq boshlang

“Kim ilm talab qilish yo‘liga kirsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi.”

— Hz. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)

Talaba bo‘lish →