Faoliyatlar, Ijozatlar
Ijozat marosimi 2022 dasturimiz o‘tkazildi!

Iyn
Erenler Vakfi qoshidagi turli madrasalarda Shar’iy ilimlar darslarining birinchi bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan 250 nafar talabamizga ijozatlari Yavuz Salim Jome masjidida uyushtirilgan marosimda topshirildi. Ko‘pchilik ishtirokida o‘tgan marosim Mahmud Eren Hojaafandining suhbatlari va salomlashuv nutqlari bilan boshlanib, turli mavzular yoritilgan talabalar chiqishlari bilan davom etdi. Dastur keyingi soatlarda Qur’oni Karim tilovati, ijozat olgan hojaafandilarning ismlari zikr etilib, ijozatlarini olishlari va ijozat matnining o‘qilishi bilan yakun topdi.
Hozirda yuzlab talaba tahsilini davom ettirayotgan Erenler Vakfimizda mezun talabalar sonidan ham, ijozat olgan hojaafandilarimiz sifatidan ham mamnunmiz. Sizlarni Eng Go‘zalga omonat topshiramiz, xayrli duolaringizni mangu kutamiz.
Erenler Vakfi Tashkiliy Aloqa Koordinatorligi








