E’lonlar
Ilm talabalari uchun zakot

Mar
Zakot nima? Zakotning hukmi
Shar’an boy hisoblangan kishilarning naqd jamg‘armalari, savdo mollari, chorva mollari, don va hosil turidagi jamg‘armalarining har biridan shar’an muhtoj hisoblangan kishilarga ma’lum miqdorda to‘lov qilishlari o‘zlariga farz qilingan. Alloh taolo zakot ibodatini shar’an boy hisoblangan kishilar zimmasiga farz qilgan va bu amrni bajaruvchilarning boyligini ko‘paytirishini Qur’oni Karimda Baqara surasining 110-oyati karimasida bayon etgan. Zakot vositasida egalik qilingan mol poklanadi, barakali bo‘ladi va ko‘payadi. Zakot masalasida ehtiyotkorlik ko‘rsatgan kishilar Qur’oni Karimda va hadisi shariflarda maqtalgan, Jannatning zakot eshigidan alohida chaqiriladigan kishilardir.
Zakot kimlarga beriladi? Talabalarga zakot beriladimi?
Qur’oni Karimda zakot beriladigan toifalar orasida zikr etilgan “Alloh yo‘lida bo‘lganlar” ifodasi ilm talabalarini ham qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan fiqhshunos olimlar ilm talabalariga zakot orqali g‘amxo‘rlik qilish masalasiga katta e’tibor berganlar. Ilm talabasiga beriladigan zakot bilan talabaning o‘qishiga hissa qo‘shilgani kabi, uning umrining oxirigacha qiladigan xizmatlariga va hatto yetishtirgan talabalari va asarlari orqali vafotidan keyin ham oladigan savoblariga sherik bo‘linadi.
ZAKOT BERING HISOB RAQAMLARIMIZ